Rasman: "Barselona" 31 million evrolik transferni e'lon qildi

Alisher
31 yanv 2020
"Braga" hujumchisi Fransishku Trinkau faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

20 yoshli forvard Portugaliyada o'ynashni davom ettiradi va Kataloniya klubiga 1 iyulda kelib qo'shiladi. Transfer narxi esa 31 million evroni tashkil etdi.

O'yinchi klub bilan 2025 yilga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi, bitimda tovon puli 500 million evro sifatida ko'rsatildi.

Eslatib o'tamiz, Trinkau 2019 yildan buyon Portugaliyaning U-21 terma jamoasida o'ynamoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBarcelona