Rasman: "Ayaks" Okamposni sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
1 sen 2022, 10:50
Amstyerdamning "Ayaks" klubi Ispaniyaning "Sevilya" jamoasi bilan vinger Lukas Okampos transferi bo'yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.

Argentinalik futbolchi 2023 yilning 30 iyuniga qadar ijaraga berildi. "Ayaks" ijara muddati tugagach, Okamposni sotib olish huquqiga ega. Lukas amstyerdamliklar uchun Angliyaning "Manchester Yunayted"iga o'tgan Antoni o'rniga asosiy maqsad edi.

Okampos 2019 yilda "Marsel"dan "Sevilya"ga o'tgandi. Umuman olganda, u "Sevilya" safida barcha musobaqalarda 135 ta o'yin o'tkazib, 34 ta gol urgan va 15 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U joriy mavsum 3 ta o'yinda maydonga tushdi, ammo gol ura olmadi. 28 yoshli hujumchi Argentina terma jamoasi futbolchisi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: english.ajax.nl