Rasman: “Atletiko” xorvatiyalik darvozabonni sotib oldi

Eldor Akmurzayev
20 avg 2020
“Lokomotiv” (Zagreb) posboni Ivo Grbich faoliyatini “matraschilar” safida davom ettiradi.

24 yoshli kiper bilan kelishuv 2024 yilgacha tuzilgan. U zagrebliklar safida 38 o'yinda maydonga tushgan bo'lib, 37 bor o'z darvozasidan gol o'tkazib yuborgan. Shuningdek, uning hisobida 11ta quruq o'yin ham bor.

Avvalroq, u “Xayduk” sharafini ham himoya etgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: instagram.com/atleticodemadrid