Rasman: "Aral Samali" - "Andijon" o'yini bekor qilindi

Alisher
19 apr 2022, 16:33
"Andijon" klubi O'zbekiston kubogi doirasidagi "Aral Samali"ga qarshi bahsda ishtirok etish uchun Nukusga bora olmaydi.

"O'zbekiston Kubogi 3-turidan o'rin olgan "Aral Samali" - "Andijon" o'yini bekor qilindi. Bunga sabab "Andijon" klubidagi moliyaviy muammolardir", - deyiladi Qoraqalpog'iston klubi matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o'tamiz, bungacha saytimiz orqali "Andijon" jamoasining moliyaviy qiyinchilik tufayli Nukusga bora olmasligi va maoshlar borasidagi muammolari haqida xabar bergan edik.


→ "Andijon" moliyaviy qiyinchilik tufayli Nukusga bormaydi

→ "Andijon"ning murabbiylar shtabi va legionerlar oldida bir necha oylik qarzi mavjud 

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia