Rasman: APL transferlar oynasi bo'yicha eski muddatga qaytdi

Alisher
6 fev 2020, 18:01
Angliya Premer-ligasi klublari yig'ilishida yozgi transferlar oynasini eski muddatga qaytarishga qaror qilindi.

APLning rasmiy sayti xabariga ko'ra, Angliyadagi 2020 yilgi yozgi transferlar oynasi 1 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan 17:00da yopiladi.

Eslatib o'tamiz, Angliyadagi bundan oldingi ikki yozgi transferlar oynasi chempionatga bir kun qolganda yopilgan edi. Shundan so'ng Premer-liga klublari o'yinchilarni faqat sotib yuborar, ammo xarid qila olmas edi. Bu tajriba esa o'zini oqlamadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: premierleague.com