Rasman: "Andijon" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lmaydi, vodiy klubiga texnik mag'lubiyat yozildi

Narzulla Saydullayev
27 avg 2020, 11:12
Bugun, 27 avgust kuni Coca Cola Superliga 13-turidan o'rin olgan “Andijon” – “Paxtakor” o'yini bo'lib o'tishi kerak edi.

“Andijon” futbol klubi moliyaviy qiyinchiliklar sabab “Paxtakor” bilan uchrashuvga yetib kela olmasligi bo'yicha xat yo'lladi. Shu boisdan bugun bo'lib o'tishi kerak bo'lgan uchrashuvda “Paxtakor” jamoasiga texnik g'alaba yoziladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz