Rasman: Aleksandr Kokorin - "Spartak" futbolchisi

Mirjalol Normatov
2 avg 2020, 14:21
Hujumchi Aleksandr Kokorin Moskvaning "Spartak" jamoasiga o'tdi.

Bu haqda klub rasmiy sayti ma'lumot berdi. Futbolchi payshanba kuniyoq klub bilan shartnoma imzolagani aytilgandi. Biroq uning "Zenit" bilan shartnomasi 31 iyul kuni yakuniga yetishini inobatga olib, transfer bugun e'lon qilindi.

29 yoshli futbolchi erkin agent sifatida moskvaliklar safiga borib qo'shildi va 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fcsm_official