Rasman: Alaba va Iskoda koronavirus aniqlandi. Ertaga "Real"ni "Atletik"ga qarshi o'yin kutmoqda

Narzulla Saydullayev
22 dek 2021, 01:06
Bu haqida klub rasman ma'lum qildi.

Madridning "Real" klubi o'yinchilari koronavirus bilan kasallanishda davom etishmoqda. Klub rasmiy saytida David Alaba va Iskoning virus bilan zararlangani ma'lum qilindi. Eslatib o'tamiz, 15 dekabr kuni Asensio, Beyl, Rodrigo Goesa va Lunin virus yuqtirib olgani rasman ma'lum bo'lgandi. 16 dekabrda esa Marselo va Modrich musbat test topshirgandi.

Ma'lumot uchun, ertaga "Real Madrid"  "Atletik"ga qarshi maydonga tushadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: www.realmadrid.com