RASMAN: Aguero "Barselona" futbolchisi!

Aslanov Jasurbek
31 may 2021
Serxio Aguero iyulning birinchi kunidan boshlab "Barselona" futbolchisiga aylanadi. Argentinalik hujumchining shartnomasi keyingi ikki mavsumga mo'ljallangan.

"Barselona" Serxio Agueroni shartnoma muddati tugashi munosabati bilan "Manchester Siti"ni erkin agent sifatida tark etganligi sababli uni tekinga qo'lga kiritadi. Argentinalik forvard "shaharliklar" safida o'n yil harakat qildi.

Agueroning kelishi "Barselona" muxlislari uchun yaxshi yangilik, chunki Serxio Lionel Messi bilan juda yaxshi munosabatda. Kataloniyaliklar sardori ham klub bilan yangi shartnoma imzolash ehtimoli yuqori.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: