Rasman: A Seriya o'yinlari to'xtatildi

Alisher
11 mar 2020
Italiya A Seriyasi o'yinlari rasman to'xtatildi.

"A Seriya o'yinlari rasman to'xtatildi. Biz pauza qildik, ammo qaytishni allaqachon kutmoqdamiz. Hammasi yaxshi bo'ladi", - deyiladi turnir rasmiy saytida.

Dushanba kuni Italiya bosh vaziri Juzeppe Konte mamlakatdagi barcha musobaqalarni to'xtatishni ma'lum qilgan edi.

Bundan tashqari, Italiyada koronavirus tufayli chempionatni muddatidan oldin yakunlash varianti ham ko'rib chiqilmoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/SerieA