Rasman: 2034 yilgi Jahon chempionatiga Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladi!

Administrator
11 dek 2024, 21:49
O'n yildan keyingi Jahon chempionati Osiyo qitasida o'tkaziladi.

FIFA rasman 2034 yilgi Jahon chempionati mezbonini ma'lum qildi. Tashkilotning navbatdan tashqari o'tkazilgan kongressida Saudiya Arabistoni 2034 yilgi Jahon chempionatining mezboni sifatida e'lon qilindi.

2034 yilgi Jahon chempionati Osiyoda o'tkazilishi lozim edi. Saudiya Arabistoni esa bu Jahon chempionatini o'tkazishga yagona nomzod edi. Avvalroq, Avstraliya ham bunga da'vogarlik qilgan, ammo yakunda ular o'z takliflarini qaytarib olishgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: FIFA.com