Rasman: “Gerta” forvardi To'xtaxo'jaevning jamoadoshiga aylandi

Eldor Akmurzayev
22 avg 2022
“Gerta” hujumchisi Isxak Belfodil faoliyatini Osiyoda davom ettiradi.

30 yoshli jazoirlik “Al Garafa” a'zosiga aylandi va klub bilan 2024 yil yoziga qadar shartnoma imzoladi. Avvalroq, u Osiyoda “Baniyas” jamoasi sharafini himoya qilgan.

Forvard o'tgan mavsum klub libosida 30 bahsda qatnashib, 6+3 natijaga erishdi. Futbolchi faoliyati davomida “Lion”, “Bolonya”, “Parma”, “Inter”, “Livorno”, “Standart”, “Verder” hamda “Xoffenxaym” kabi klublar sharafini ham himoya qilgan.

Eslatib o'tamiz, “Al Garafa” safida Islom To'xtaxo'jaev harakat qiladi. Jamoa Qatar yulduzlar ligasi 3 turidan keyin 4 ochko bilan turnir jadvalida 5-o'rinda bormoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/algharafaclub