Rashidov "Nasaf" mashg'ulotlariga qo'shildi, Isroilov ham keladi

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2018
Qarshining "Nasaf" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.

Bugun "ajdarlar" "So'g'diyona" yarim himoyachisi Sanjar Rashidovga qiziqib qolishgani haqida xabar bergandik. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchi "Nasaf" mashg'ulotlariga qo'shilgan. O'tgan mavsumni "So'g'diyona"da o'tkazgan himoyachi Azamat Isroilov ham yaqin vaqt ichida Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi jamoa mashg'ulotlariga qo'shilishi kutilmoqda.

Qarshi klubi haqidagi yana bir yangilik: "Nasaf" himoyachisi Saydullo Rahmatov bugun tongda AGMK (sobiq "Olmaliq") klubi bilan birga Turkiyaga uchib ketdi. 




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia