Azamat Isroilov “Surxon” bilan xayrlashdi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2020, 14:26
O'tgan mavsumning ikkinchi yarmini “Surxon”da o'tkazgan Azamat Isroilov jamoa bilan xayrlashishga qaror qildi.

Bu haqda futbolchining o'zi bilan bog'langanimizda tasdiqladi. Hozirda Isroilovni o'z tarkibida ko'rishni istayotgan jamoalar ham yo'q emas. Xususan uning sobiq jamoalari – “Andijon” va “Buxoro” 28 yoshli futbolchiga taklif yuborgan. Bundan tashqari Azamatga “Qo'qon-1912” jamoasidan ham qiziqish bo'layotgani to'g'risida xabarlar yo'q emas. 

Futbolchining o'zi yaqin kunlarda bir qarorga kelishi bo'yicha ma'lum qildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia