Rashford: "Bolaligimda Ronaldoga taqlid qilganman"

Aslanov Jasurbek
13 noya 2017, 14:42
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Rashford bolaligida braziliyalik Ronaldoga taqlid qilgani haqida aytib berdi.

Oldinroq braziliyalik Rashfordda o'zini ko'rayotganini aytgan edi.

"Uning barcha o'yinlarini, kuchayib borishini ko'rganman. U ko'plab sovrinlar yutgan ajoyib futbolchi. Shu sababli u siz haqingizda gapirsa juda yoqimli bo'ladi.

Uning barcha videolarini Youtube da ko'rganman, uning birinchi jonli o'yinini 2003 yil "Old Trafford"da tomosha qilgan edim, u xet-trik qayd etgan. Besh yoshda edim. U akamning ham sevimli o'yinchisi bo'lgan.

Bola bo'lsangiz, jahonning kuchli futbolchilariga taqlid qilishga urinasiz. Ronaldoga taqlid qilar edim" - deydi Rashford.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph