Raqibimiz: Xitoyning Osiyo Kubogi-2015 uchun yakuniy tarkibi ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
24 dek 2014, 12:37
Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Alen Perrin Avstraliyadagi qita chempionatiga boradigan tarkibni e'lon qildi.
Xitoy terma jamoasi "B" guruhida O'zbekiston, Saudiya Arabistoni va KXDR kabi terma jamoalar bilan kuch sinashadi.

Yakuniy ro'yxatdan bironta legioner o'rin olmagan.

Darvozabonlar: Jen Cheng ("Guanchjou Evergrand"), Vang Daley ("Shandon Lunen"), Fan Yunlin ("Shanxay SIPG").
Himoyachilar: Jan Linpeng, Mey Fang, ("Guanchjou Evergrand"),  Ji Shiang, Li Ang, Ren Xang ("Jiangsu Seynti"), Jian Jipen ("Guanchjou R"), Jan Chendong ("Pekin Guan").
Yarim himoyachilar: Jeng Ji, YU Xanchao, Liao Lisheng ("Guanchjou Evergrand"), Liu Jiane, Sun Ke, Vu Shi ("Jiangsu Seynti"), Kay Xuikang, Vu Ley ("Shanxay SIPG"), Xao Junmin, Liu Binbin ("Shandon Lunen"), YU Xay ("Guiju Rene").
Hujumchilar: Gao Lin ("Guanchjou Evergrand"), Yang Shu ("Shandon Lunen").

Eslatib o'tamiz, Xitoy - O'zbekiston o'rtasidagi uchrashuv 14 yanvar kuni Brisben shahrida bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia