Raqamlar so'zlaganda. "Paxtakor" O'zbekiston kubogida 10ta o'yindan beri mag'lub bo'layotgani yo'q

Aslanov Jasurbek
22 noya 2021, 15:21
24 noyabr kuni O'zbekiston kubogi yarim final doirasida 2ta uchrashuv bo'lib o'tadi.

Qarshining "Nasaf" jamoasi Olmaliqda AGMK mehmoni bo'lsa, "Bunyodkor" Toshkent derbisida "Paxtakor" maydoniga safar uyushtiradi. 

Piter Xyuistra murabbiyligidagi "Paxtakor" 2018 yildan beri qatorasiga 10ta o'yindan beri mag'lubiyatga uchrayotgani yo'q. Jamoa so'nggi marotaba 2018 yilgi mamlakat kubogi finalida AGMKga 1:3 hisobida engilgandi. 

"Sherlar" 10ta bahsning 6tasini o'z maydonida, 2tasi safarda, 2ta o'yin esa neytral maydonda o'tkazgan. Raqiblar darvozasini esa 29 bor aniq nishonga olgan, o'z darvozasidan 2ta to'p olib chiqqan. "Bunyodkor" bilan bellashuv "Paxtakor" uchun o'z tarixidagi 19 yarim final hisoblanadi. 

Final. 27.10.2018. AGMK - "Paxtakor" 3:1


1/8 final. 05.07.2019. "Paxtakor" - "Yashnobod" 5:0 

1/4 final. 23.08.2019. "Paxtakor" - "Surxon" 2:0

1/2 final. 26.09.2019 "Paxtakor" - "Nasaf" 2:1 

Final. 26.10.2019. "Paxtakor" - AGMK 3:0 


1/8 final. 08.12.2020. "Paxtakor" - "So'g'diyona" 8:1 

1/4 final. 12.12.2020. "Paxtakor" - "Qizilqum" 1:0

1/2 final. 16.12.2020. "Qo'qon-1912" - "Paxtakor" 0:3 

Final. 20.12.2020. AGMK - "Paxtakor" 0:3

1/8 final. 19.08.2021. "Paxtakor" - "Turon" 1:0 

1/4 final. 20.10.2021. "Olimpik" - "Paxtakor" 0:1

Abdulaziz Iskandarov

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia