Ranokkya "Monca"ni tark etdi. U iyul oyida klubga kelib qo'shilgan va 2 ta o'yinda maydonga tushgandi

Оқил Абдубарноев
21 sen 2022, 23:51
Futbolchi "Monca"ni klubdagi 3 oylik faoliyatidan so'ng tark etdi.

Himoyachi Andrea Ranokkya Italiyaning "Monca" klubini tark etdi, deya xabar beradi klub matbuot xizmati. 34 yoshli italiyalik futbolchi joriy yilning iyul oyida jamoaga kelib, ikki yillik shartnoma imzolagandi.

Ranokkya "Monca" tarkibida atigi 2 ta o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'ldi.

Joriy mavsumda klub 4 ochko jamg'arib, A Seriyada 18-o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: acmonza.com