Rangnik: "Avstriya murabbiyi bo'lish men uchun sharaf"

Оқил Абдубарноев
29 apr 2022
Ralf Rangnik Avstriya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangani haqida fikr bildirdi.

“Avstriya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini egallash men uchun katta sharaf. Ayniqsa, 2024 yilda Germaniyada bo'lib o'tadigan Yevropa chempionatida g'alabaga chanqoq jamoa bilan qatnashish umidi ruhlantirmoqda”, - deydi Rangnik.

63 yoshli nemis mutaxassisi may oyi oxirlarida Xorvatiya, Daniya va Fransiyaga qarshi Millatlar ligasi o'yinlariga jamoani tayyorlay boshlaydi. Rangnik bilan shartnoma ikki yilga mo'ljallangan.

Mavsum yakunida u MYU bosh murabbiyligidan ketadi. Uning o'rnini niderlandiyalik mutaxassis Erik ten Xag egallaydi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: oefb.at