Ranerining shogirdi Xitoydagi yuqori maoshga uchmadi

Tolibjon Qosimov
23 fev 2018
"Nant" hujumchisi Emiliano Sala Xitoyning "Beyczin Jenxe" jamoasining qulay taklifiga rad javobini berdi.

"L’Equipe" nashri xabariga ko'ra, Xitoy klubi argentinalik futbolchiga yiliga 3,5 mln evrolik shartnoma taklif qilgan.

Qishki transferlar oynasi vaqtida Sala "Brayton"dan tushgan taklifga ham rad javobini berishga ulgurgan. Ayni damda "Nant" Fransiya chempionatining 5-pog'onasida bormoqda va evrokuboklar uchun kurashmoqda. Jamoani Klaudio Raneri boshqarmoqda.


27 yoshli futbolchi Liga 1da 11ta gol urishga erishdi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: L`Equipe