Raneri: "Men turnir jadvaliga qaramay, keyingi uchrashuvga tayyorlanaman"

Aslanov Jasurbek
15 mar 2016, 13:45
"Lester Siti" bosh murabbiyi Klaudio Raneri "Nyukasl" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng Premer-liga turnir jadvaliga qaramasligini aytdi.

"Turnir jadvaliga qaramasdan, keyingi uchrashuvga tayyorgarlik ko'raman. Biz o'yindan rohatlanib, g'alabalarni davom ettirishni istaymiz. Muxlislarimiz muvaffaqiyatlarni orzu qiladi va jamoa bilan faxrlanadi. Jamoaviy ruhdan ko'nglim to'q" - deydi Raneri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN