Raneri - YCHLda oltita klubni boshqargan uchinchi murabbiy

Narzulla Saydullayev
15 sen 2016, 00:54
Angliya chempioni Lester klubi YCHL 1-turida Bryuggega qarshi o'yin o'tkazdi.

Shunday qilib, jamoa ustozi Klaudio Raneri Chempionlar ligasida oltinchi klub bilan ishlashga erishdi.

Rafael Benites (Nyukasl) olti klub bilan musobaqada ishtirok etgan, bu borada mutloq rekordchi Karlo Anchelotti (Bavariya) hisoblanadi. U Yevropaning eng nufuzli musobaqasida 7ta turli klub bilan ishladi.

Eslatib o'tamiz, Raneri Napoli, Fiorentina, Valensiya, Atletiko, Chelsi, Parma, Yuventus, Roma, Inter va Monako klublarida ishlagan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: twitter.com/GracenoteLive