Ramzan Qodirovning 18 yoshli o'g'li "Axmat" prezidentiga aylandi

Omonjon To`xtamirzayev
23 may 2024
Grozniyning "Axmat" klubi o'zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Axmat Qodirov klub prezidenti etib tayinlanganini e'lon qildi.

"Axmat" futbol klubining yangi prezidenti etib, Chechen Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri Axmat Qodirov tayinlandi.

Ishonchimiz komilki, Axmat Ramzanovich boshchiligida jamoani yangi g'alabalar, muvaffaqiyat va sovrinlar kutib turibdi. Klub vice-prezidentlaridan biri etib esa Chechen Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vaziri birinchi o'rinbosari Umar Daudov tayinlandi.

Jonajon jamoamiz "Axmat"ni rivojlantirish yo'lida omad va zafarlar tilab qolamiz. Birgalikda g'alabaga erishamiz!" - deyiladi klub xabarida.

18 yoshli Axmat Qodirov Chechen Respublikasi yetakchisi Ramzan Qodirovning o'g'li hisoblanadi.

Bugun, 23 may sanasida Magomed Daudov "Axmat" klubi prezidenti lavozimini tark etgani xabar qilingandi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia