Ramush Ronaldu haqida fikr bildirdi

Оқил Абдубарноев
7 dek 2022
Gonsalu Ramush Portugaliya terma jamoasidagi jamoadoshi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

"Hatto tushimda ham jahon chempionatining pley-off bosqichida asosiy tarkibda o'ynashimni tasavvur qila olmasdim. Hozirda Marokashga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz, shu bois boshqa o'yinlar haqida o'ylamaymiz.

Krishtianu Ronaldu bizning yetakchimiz. U jamoa sardori hisoblanadi. Biz hamisha u bilan yonma-yon o'ynashni intiqlik bilan kutamiz. Ronaldu ko'pchiligimizning kumirimiz sanaladi. Krishtianu Ronaldu, Robert Levandovski va Zlatan Ibragimovich menga o'rnak bo'ladigan futbolchilardir", - dedi "Benfika" klubi va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi.

Eslatib o'tamiz, JCH-2022 1/8 finalida Shveytsariyaga qarshi o'yinda (6:1) xet-trik qayd etgan Ramush uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Krishtianu Ronaldu esa uchrashuvning 73-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirildi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Goal