⚡️ Ramos – XXI asrda eng ko'p gol urgan himoyachi. Murod Holmuhamedov Godin va Gerreyro bilan bir xil natija qayd etgan

Eldor Akmurzayev
21 fev 2023, 09:10
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi 21 asrda eng ko'p gol urgan himoyachilar ro'yxatini taqdim etdi.

Unda 130 ta gol bilan PSJ a'zosi Serxio Ramos yetakchi sifatida ko'rsatilgan.

Reytingni tuzishda himoyachilarning milliy liga (NL), kubok (NC), klublar o'rtasidagi xalqaro musobaqalar (ICC) hamda terma jamoadagi (NT) natijalari inobatga olindi. 

Ramosdan keyingi o'rinda 2019 yil butsasini mixga ilgan yaponiyalik Tulio Tanaka (104) joy oldi. Keyingi futbolchilarda 93 tadan gol bor – Abdurahmon Xashud (Jazoir) va Keylor Soto (Kosta-Rika).

Shuningdek, o'zbekistonlik himoyachilar orasida Murod Xolmuhamedov top-62'dan o'rin oldi. Hozirda klubsiz bo'lgan futbolchi 51 ta to'p kiritgan va bu borada Diego Godin (Urugvay), Xuan (Braziliya), Rafael Gerreyro (Portugaliya) bilan bir xil natija qayd etib turibdi.

32 yoshli Xolmuhamedov 44 ta golini milliy chempionatda, 5 ta golini kubokda, bitta golini OCHL saralashida (“Bunyodkor” tarkibida) va yana bittasini O'zbekiston MTJ (Tojikistonga qarshi o'rtoqlik o'yini)da urgan.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: IFFHS