Ramos "Real"ga qarshi javob o'yinida ham ishtirok etmasligi mumkin

Оқил Абдубарноев
23 fev 2022, 19:37
PSJ himoyachisi Serxio Ramos Chempionlar ligasi 1/4 finali doirasida "Real"ga qarshi javob o'yinigacha tiklanishi dargumon.

Ma'lum bo'lishicha, futbolchining jarohati avvalgidan ham jiddiyroq ko'rinadi.

Manbaning xabariga ko'ra, jarohatning qay darajada ekanligi hozircha noma'lum. Eslatib o'tamiz, futbolchi og'ir jarohatlar tufayli joriy mavsumning asosiy qismini o'tkazib yubordi. Oldinroq PSJ Ramosning jarohatlari bilan bog'liq vaziyat yaxshilanmasa, u bilan shartnomani bekor qilishi mumkinligi haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

Ramos aynan "Real"dan PSJ safiga o'tgandi. Ko'p yillar davomida "qaymoqranglilar" safida to'p surgan futbolchi 2021 yilning yozida erkin agentga aylandi, shundan so'ng u francuz klubi bilan shartnoma imzoladi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Le Parisien