Ramos "Real" va Ispaniya terma jamoasi safida so'nggi 20ta penaltini aniq ijro etdi

Alisher
3 iyul 2020, 14:29
"Real" sardori Serxio Ramos Ispaniya chempionati doirasidagi "Xetafe" (1:0)ga qarshi o'yinda 11 metrlik nuqtadan darvozani aniq nishonga oldi.

34 yoshli himoyachi Madrid klubi (15ta) tarkibida va Ispaniya terma jamoasi (5) libosida barcha musobaqalarda so'nggi 20ta penaltidan aniq foydalandi.

Ramosning so'nggi bor 2018 yilning may oyida La Liga doirasidagi "Sevilya" (2:3)ga qarshi o'yinda tepgan to'pi shtangaga tekkan edi.

Serxio joriy mavsum barcha musobaqalarda 39ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Opta