Ramos PSJdagi dastlabki o'yinlarini o'tkazib yuboradi

Mirjalol Normatov
26 iyul 2021
PSJ himoyachisi Serxio Ramos jarohatidan forig' bo'lish jarayonida.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, shu boisdan futbolchi 27 iyul kuni "Sevilya"ga qarshi o'tadigan o'yinni o'tkazib yuboradi. Futbolchi ayni damda individual dastur bo'yicha shug'ullanmoqda. U oyog'ining son qismida noqulaylik sezmoqda.

Ertangi bahsda hali tatildan qaytmagan Neymar, Markinos, Marko Verratti, Janluiji Donnarumma, Leandro Paredes va Anxel di Mariya kabi futbolchilar qatnashmaydi.

Shuningdek, Kilian Mbappe, Presnel Kimpembe, Jorjino Veynaldum kabi futbolchilar o'yinni o'tkazish uchun yo'l olmagan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo