

Ramosning talabiga sabab, oldinroq Pike "qaymoqranglilar" himoyachisi Alvaro Arbeloani bir kun kelib komediya klubida ko'rishini aytganidir. Shu bilan birga, Denis Cherishevning diskvalifikaciyasi bo'lishiga qaramay "Kadis"ga qarshi Ispaniya Kubogida maydonga tushganidan so'ng Pike o'z "tvitter" sahifasida 9ta smaylik qoldirgan.
"Real" sardori sifatida Pikega aytishim mumkin bo'lgan yagona narsa, u "Real" va uning futbolchilarini himoya qilishi kerak. Bunday hurmatsilik munosabatlarni buzadi. So'nggi yillarda bu ikki klubda Puyol, Xavi, Raul va Kasilyas kabi yaqin do'stlar bo'lgan. Biz hammamiz ulardan o'rnak olib, ahmoqliklarga yo'l qo'ymasligimiz kerak" - deydi Ramos.



