Ramos: “Messi futbol tarixidagi eng buyuk futbolchilardan biri”

28 fev 2020, 22:43
Madridning “Real” klubi sardori Serxio Ramos La Liga 26-turi doirasida “Barselona”ga qarshi bahs oldidan ko'k-anorranglilar sardori Lionel Messi haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

“Men Messini juda hurmat qilaman. Uni futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri deb bilaman. Unga nisbatan hurmatim judayam yuqori. Umid qilamanki, yakshanba kuni uning kuni bo'lmaydi. Bu degani biz o'z ishimizni a'lo darajada bajarishmiz lozim degani. “Real” ijobiy natijaga erishsa, yanada yaxshi bo'ladi.

Hamkasb va professional siatida Leoga barcha yaxshiliklarni tilayman. U shubhasiz eng zo'r futbolchilardan biri”, deya Ramosning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal nashri.

“Real” – “Barselona” uchrashuvi 1 mart kuni “Santyago Bernabeu”da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal