Ramos: "Liga 1 da ilk bor g'olib chiqqanimdan xursandman"

Sherzod Nurmatov
24 apr 2022, 21:31
Serxio Ramos Liga 1 da PSJ bilan qozonilgan g'alabadan so'ng his-tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdi.

Bu "Real" bilan 22 ta sovrin yutgan ispaniyalikning Fransiyadagi ilk yutug'i.

"Biz chempionmiz! Mavsum boshidan oxirigacha bu sovringa loyiq edik. Jamoa bilan faxrlanaman va Liga 1 da ilk bor g'olib chiqqanimdan xursandman, bu mening faoliyatimdagi oltinchi chempionlik sovrinidir.

Qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun rahmat. Hozircha bayramni nishonlaylik, keyin bundan ko'prog'i uchun qaytamiz. Biz har doim ko'p narsani xohlaymiz", – dedi parijliklar himoyachisi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/sergioramos