Ramos "Kadis" bilan o'yinda jarohatlandi. "El-klasiko"gacha 7 kun bor

18 okt 2020, 00:26
Madridning "Real" klubi sardori Serxio Ramos La Liga 6-turi doirasidagi "Kadis" (0:1) bilan o'yinda safdan chiqdi.

34 yoshli ispaniyalik futbolchi tanaffusda almashtirildi. Ramos raqib forvardi Entoni Losano bilan sodir bo'lgan epizodda tizzasidan jarohat olgan.

Hozircha jarohatning og'irlik darajasi nomelum. Marca xabariga ko'ra, Zidan shogirdini ehtiyot chorasi sifatida zahiraga olgan.

Oldinda "Real"ni 21 oktyabr kuni o'tkaziladigan "Shaxtyor"ga (YCHL, 1-tur) qarshi va 24 oktyabrga belgilangan "Barselona" bilan o'yinlar kutib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Marca