Ramos "El Klasiko"lar tarixida qolishga yaqin

Omonjon To`xtamirzayev
13 avg 2017, 16:21
"Real" sardori Serxio Ramos Ispaniya Superkubogi uchun bo'ladigan "Barselona"ga qarshi o'yinlarda antirekordchiga aylanishi mumkin.

Gap shundaki, futbolchi ushbu buyuk to'qnashuvlar tarixida eng ko'p mag'lubiyatga uchragan futbolchi sifatida tarixda qolishi mumkin.

Hozirgi vaqtda birdaniga 4 futbolchi: Ramos, Raul, Manuel Sanchis (barchasi "Real") va Joan Segarra ("Barselona") hisobida 16tadan mag'lubiyat mavjud.

Adolat yuzasidan shuni takidlash lozimki, bunda futbolchilar umumiy hisobda nechatadan "Klasiko"da maydonga tushganlari inobatga olinmagan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru