Ramos: "Beyl jamoamizga ko'p narsa berishi mumkin"

Narzulla Saydullayev
4 sen 2013, 11:47
"Real" himoyachisi Serxio Ramos transfer bozori oxirida Garet Beylni sotib olinganidan xursand.
"Men "Real" sardori sifatida Garetni jamoaga kelganidan xursandman. Oxir oqibat ushbu transfer amalga oshganidan xursandman. Beyl - jamoamizga ko'p narsa bera oladigan futbolchidir.

Kasilyasning holati? Bu haqda ko'p gapirishmoqda, shu bois men bunga qo'shilishni istamasdim. Iker juda yaxshi inson, u hozir og'ir vaqtni boshidan o'tkazmoqda. Men uni qo'llab quvvatlayman, shu bilan birga ajoyib darvozabon Diego Lopesni ham qo'llab quvvatlayman. Barchamiz uchun birinchi navbatda "Real" bo'lishi lozim, - deydi Ramos.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru