Ramos aytgan gaplarini tan olmadi

Aslanov Jasurbek
14 fev 2019, 11:31
"Real" himoyachisi Serxio Ramos "Ayaks" ustidan qozonilgan g'alabadan (2:1) so'ng, turnirning keyingi bosqichlarida diskvalifikaciya bo'lmaslik uchun atayin sariq kartochka ishlaganini tan oldi.

89-daqiqada u Kasper Dolbergga qarshi qo'pollik ishlatdi. Shunday qilib, Ramos javob o'yinini o'tkazib yuboradi.

"Kartochkani atayin olmadim desam aldagan bo'laman. Raqibga past nazar bilan qarab, g'alaba qozondik deb o'ylash noto'g'ri" - dedi himoyachi o'yindan keyin.

Keyinroq u "Tvitter" orqali so'zlarini rad etdi.

"Diskvalifikaciya menga ozor beradi. Atayin sariq kartochka olganim yo'q, "Roma" bilan o'yinda ham shunday bo'lgan. Endi "Real"ni tribunadan qo'llab quvvatlayman. Jamoamning keyingi bosqichga chiqishiga umid qilaman" - deb yozdi Ramos.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal