

Ramazon oyi boshlanayotgani munosabati bilan “Lokomotiv” klubi ushbu oyda bo'lib o'tadigan uy o'yinlariga kirishni bepul qilishga qaror qildi. Shu tariqa, 27 may kuni bo'lib o'tadigan “Lokomotiv” – “Neftchi” uchrashuviga ham muxlislar bepul tarzda kirishlari mumkin bo'ladi.
Ta'kidlab o'tamiz, mazkur o'yin shanba kuni “Lokomotiv” stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuvning boshlanish vaqti – 19:00.




