Ramazon Mirzaev: "G'ijduvon"da moddiy yetishmovchiliklar bor"

Narzulla Saydullayev
13 okt 2018
Pro-liga 29-turidan o'rin olgan "Yozyovon-Lochinlari" - "G'ijduvon" (1:4) uchrashuvidan so'ng mehmon jamoa rahbari Ramazon Mirzaev championat.asia saytiga intervyu berdi.

"G'ijduvon" jamoasi bugun yaxshi o'yin ko'rsatdi deb o'ylayman. Safarda o'z oldimizga qo'yilgan vazifani a'lo darajada uddaladik. Bugun jamoamizning barcha a'zolari o'zlariga bo'lgan ishonchni oqlashdi.

"G'ijduvon" klubida hammasi mavsum boshidagidek davom etmoqda, jamoamizda faqatgina yordamchi murabbiy o'zgardi xolos.

Jamoamizning moliyaviy imkoniyatlari bir oz pastroq, shu bois bizda bugungi uchrashuvga to'liq tarkib bilan kelishning imkoni yo'q edi. Shunga qaramay uchrashuvda g'alaba qozonganimizdan judayam xursandman.

Bugungi uchrashuvni boshqarib borgan hakamlar guruhi o'yinni yaxshi boshqarishdi, ularga rahmat. Xususan tashkilotchilarga, nazoratchi hakamlarga, komissarga, shuningdek mezbon jamoa vakillariga ham o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

Bekzod Tolibov yozib oldi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia