Rakitich: "Barselona"da qolishni istayman"

Mirjalol Normatov
14 iyun 2020
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich klubda qolishni istamoqda.

Oldinroq 32 yoshli futbolchi ushbu mavsum yakunlanganidan keyin "Sevilya"ga qaytishi borasida ma'lumotlar berilgandi.

"Kelajakni muhokama qilish qiyin. Biroq "Barselona" - men uchun ideal variant. Shartnomamning oxirigacha shu yerda qolmoqchiman. Lekin iloji boricha ko'proq "Barselona" tarkibida o'ynash niyatim bor", - dedi Rakitich.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal