Rahimjon Davronov: “Surxon” bilan o'yinga har tomonlama tayyor bo'lamiz”

Narzulla Saydullayev
4 iyun 2020, 11:45
Muborakning “Mashal” klubi o'z maydonida mashg'ulotlarni boshlagani haqida xabar bergan edik.

Kecha navbatdagi kungi mashg'ulotlar o'z nihoyasiga etgach jamoa darvozaboni Rahimjon Davronov o'zining fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Xudoga shukur hamma sog' va salomat mashqlarni boshladi. Kayfiyatimiz a'lo darajada. Uchrashuvlarni davom ettirishga ruhsat berishgani ruhiyatimizni yanada ko'tardi. Hozirgi kunda asosiy e'tibor jismoniy tayyorgarlikka kiritilgan. Boisi, hali oldinda bizni og'ir o'yinlar va oson bo'lmagan mavsum kutib turibdi. Ikki oy o'yin amaliyotisiz qolish biz futbolchilar uchun katta muddat hisoblanadi. Sport formamizga katta ta’sir qilishi aniq. O'ylaymanki, ikki hafta davomida “Surxon” bilan o'yinga har tomonlama tayyor bo'lamiz.

Karantin boshqa chiziq vakillariga qaraganda darvozabonlarga jiddiy ta’sir qilmasa kerak. Restartdan so'ng barchasi joyiga tushib ketadi. Mashg'ulotlarni sanitar gigiena talablariga rioya qilingan holda olib bormoqdamiz. Pandemiya ortga chekingach stadionda muxlislarimiz bilan yana ko'rishamiz va ular bilan birga muvaffaqiyatlarimizni birga nishonlaymiz”,- deydi Osiyo chempioni Rahimjon Davronov. 


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia