Rahim Sterling: Yarim himoyadagi ikki yigit - Rays va Fillips - shunchaki dahshat

Alisher
30 iyun 2021
Angliya terma jamoasi yarim himoyachisi Rahim Sterling Evro-2020 nimchorak finali doirasida Germaniyaga qarshi bo'lib o'tgan uchrashuvdan (2:0) so'ng uz fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Juda yaxshi jamoaga qarshi a'lo o'yin ko'rsatishimiz kerakligini tushungandik. O'ylaymanki, biz buni uddaladik. Yuqori intensivlikda o'ynashimizni, bu esa juda qiyin bo'lishini avvaldan bilgan edik. Yarim himoyadagi ikki yigit - Rays va Fillipsdan ajoyib o'yin: butun maydonga ega chiqishdi, shunchaki dahshat, - deydi Sterling.

Eslatib o'tamiz, chorak finalda angliyaliklar Ukraina bilan uynaydi. O'yin 3 iyul kuni Rimda bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: uefa.com