Rafinya Niko Uilyams haqida: "Yuqori sifatli futbolchi"

Mirjalol Normatov
28 iyun 2025, 12:12
"Barselona" futbolchisi Rafinya "Atletik"da o'ynayotgan Niko Uilyamsning Kataloniya klubiga o'tishi haqida gapirdi.

Oldinroq "Barsa" futbolchi uchun 62 mln evro to'lashga tayyorligi borasida ma'lumotlar tarqalgandi. Niko ham Rafinyaning poziciyasida o'ynaydi.

"Niko - yuqori sifatli futbolchi. "Barselona" uni sotib olishga harakat qilayotgani taajjubli holat emas. U Ispaniya termasida ham yaxshi o'ynamoqda.

Kim bizning jamoaga kelayotgan bo'lsa, uni yaxshi kutib olamiz.

Men yaxshi jismoniy holatdaman. Hayotimdagi eng zo'r mavsumimni o'tkazdim. Biror futbolchining kelishidan xafa bo'lmayman", - dedi Rafinya.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Globo