Rafinya "Barselona" futbolchisi (Fabricio Romano)

Administrator
13 iyul 2022, 00:40
Futbolchi katalon klubiga o'tadi.

Taniqli insayder va jurnalist Fabricio Romanoning ma'lum qilishicha, "Barselona" Rafinya transferini hal qildi.

Ikki klub o'zaro kelishgan. "Barselona" jo'natgan rasmiy taklif ham qabul qilingan. Transfer qiymati 58 mln evro. Bonuslar bilan birga bu summa 67 mln evroga etadi. 

Rafinyaning o'zi aynan "Barselona"da o'ynashni istagan. Shartnoma 2027 yilga qadar tuziladi. Tez orada bu transfer rasman e'lon qilinadi. 

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano