Rafinya “Barsa” bilan necha yillik shartnoma imzolashi va uning klubdagi maoshi ham ma'lum

Eldor Akmurzayev
11 iyul 2022, 08:05
“Lids” hujumchisi Rafinya “Barselona”ga o'tishga juda yaqin, deya xabar beradi insayder Nikola Skira.

25 yoshli braziliyalik “ko'kanorranglilar” bilan 2027 yilga qadar shartnoma borasida kelishib oldi. Uning yillik maoshi esa 6 mln evroni tashkil qiladi. “Lids” futbolchining transferidan 55 mln evro ishlab olishi kutilmoqda.

Rafinya yakunlangan mavsum APLda 35 bahsda qatnashib, 11+3 natija ko'rsatdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: NicoSchira