

Jamoa Bernabeu kubogi doirasidagi "Fiorentina"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rmoqda. Uchrashuv 23 avgust kuni tunda bo'lib o'tadi. "Qirolli klubi" futbolchilari safida "Kastilya" a'zolari Luka Zidan, Manu Ernando va Alvaro Texero kabi futbolchilar ham shug'ullanishdi.
Rafael Varan va Mateo Kovachich yakka tartibda trenajyor zalida ishlashdi, Xesus Valexo esa maydonda mashg'ulot o'tkazdi.



