Rafael: "Van Gal meni yoqtirmagan"

Aslanov Jasurbek
13 avg 2015
O'tgan haftada "Manchester Yunayted"ni tark etib, 3 mln. evro evaziga "Lion"ga o'tgan Rafaelning takidlashicha, uni Lui van Gal yoqtirmagan.

MYUni Aleks Fergyuson boshqarganida, braziliyalik asosiy tarkib futbolchisi edi, ammo van Gal kelganidan so'ng himoyachi Premer-liganing 6ta o'yinida asosiy tarkibda maydonga tushdi.

"U braziliyaliklarni yoqtirmasligi haqida eshitgan edim, ammo bunga 100% ishonmaganman. Van Gal meni yoqtirmasligini bilaman, ammo bu mening millatimga bog'liq deya olmayman.

2012/13 men uchun MYU safidagi eng yaxshi mavsum bo'ldi. Keyin Fergyuson ketdi va hammasi o'zgarib ketdi" - deydi Rafael.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com