Rafael van der Vart: "Shunday o'ynashda davom etsak, quyi divizionga tushib ketamiz"

Narzulla Saydullayev
28 yanv 2014, 17:01
"Gamburg" yarim himoyachisi Rafael van der Vartning fikricha, tezroq biror chora ko'rilmasa jamoa Bundesligadan tushib ketadi.
– Shunday o'ynashda davom etsak, quyi divizionga tushib ketishimiz mumkin. Tezroq biror nima o'ylab topish kerak. Ko'pgina o'yinlarda juda osonlik bilan mag'lub bo'lyapmiz. Asliqda esa ohirigacha kurashish kerak! O'yinlar o'tib borgani sari barqarorligimiz yanada yo'qolib bormoqda. Bu esa juda yomon", – deya futbolchi so'zlaridan "Bild" iqtibos keltirmoqda.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net