Rafael Benites APL klubi taklifini rad etdi

Ispaniyalik mutaxassis Xitoyda qoladi.

Sky Sports nashri xabariga ko'ra, "Dalyan Ifan" bosh murabbiyi Rafael Benites Angliyaning "Vest Xem" klubi taklifini rad etdi. Ispaniyalik mutaxassis Xitoy klubi safida muvaffaqiyatga erishgach, APLga qaytishni niyat qilganini bildirgan. 

Avvalroq, Benites "Vest Xem" klubi boshqaruv postini tark etishi kutilayotgagan Manuel Pellegrinining o'rniga asosiy nomzod sifatida ko'rilgandi.


Manba: Sky Sports