Raevac Tailandda?

Aslanov Jasurbek
26 apr 2017, 17:12
Tailand futbol assotsiatsiyasi Milovan Raevacni milliy terma jamoa bosh murabbiyi sifatida e'lon qildi.

Assotsiatsiya rasmiy sayti bergan ma'lumotga ko'ra, serbiyalik mutaxassis vazifasiga kirishgan.

JCH-2018 saralashi doirasida Yaponiyaga 0:4 hisobida mag'lub bo'lgandan so'ng, Tailand sobiq bosh murabbiyi Kiatisaka Senamuanga ishdan bo'shatildi. Tailand mundialda ishtirok etish imkoniyatidan ayrilgan.

Raevac oldinroq "Jeleznik", "Al-Sadd", "Voyvodina", "Al-Ahli", "Rudar" va Gana terma jamoalarida ishlagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com