Rabo yangi jamoasi bilan muzokaralarni deyarli yakunladi

Mirjalol Normatov
15 iyun 2019, 00:30
PSJ futbolchisi Adrien Rabo "Yuventus" bilan muzokaralar o'tkazdi.

"Corriere dello Sport" xabariga ko'ra, futbolchi Turin superklubi bilan muzokaralarda ushbu klubga ko'chib o'tish borasida to'xtamga kelgan. Shuningdek, Raboning xizmatlariga "Manchester Yunayted" ham qiziqish bildirmoqda. Ushbu oydan keyin Rabo erkin agentga aylanadi va yangi jamoasiga tekinga ko'chib o'tadi.

Oldinroq Rabo "Barselona" bilan muzokaralar o'tkazgan va unda moliyaviy shartlarni kelisha olmagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport