

Jizzaxliklar bosh murabbiyi Yorqin Nazarov qur'a va raqib haqida quyidagicha fikrlarni bildirdi.

"Birinchi o'yinimizni "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazamiz. Kuchli raqib, deya olaman. Bu jamoa bir necha karra O'zbekiston chempioni, OCHL yarim finallarida qatnashgan. Yaxshi tarafi, mavsumni uyda boshlashimiz. Umuman olganda, hozir Superligada kuchsiz jamoaning o'zi yo'q.
Qur'aning qulay kelgani aytganimdek, Jizzaxda, muxlislarimiz oldida to'p tepamiz. Ammo baribir ketma-ket xamma jamoaga qarshi maydonga chiqamiz. Shu bois birinchi turda kim bilan o'ynashimizni taxmin ham qilmagandik.
Endilikda albatta "Bunyodkor"ning o'yinlarini kuzatamiz, o'rganib chiqamiz. Uyimizdagi bahsga yaxshi darajada tayyorgarlik ko'ramiz", – deydi Yorqin Nazarov.



